O’zbekiston SSRda “Shaklan milliy va mazmunan sotsialistik” madaniy inqilob jarayonlari
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston SSRda “shaklan milliy va mazmunan sotsialistik” tamoyili asosida kechgan madaniy inqilob jarayonlari tahlil qilinadi. Xususan, alifbo islohotlari (arab yozuvidan lotinga, keyin kirillga o‘tish), adabiyotda sotsializmning ustuvor yo‘nalishga aylanishi, san’at va teatrning ideologik vazifalarga bo‘ysundirilishi, milliy shaklning saqlangani holda sotsialistik mazmun bilan “to‘ldirilishi” jarayonlari yoritiladi. Tadqiqotda "shaklan milliy, mazmunan sotsialistik" tamoyili ostida amalga oshirilgan islohotlar va ularning mohiyati tarixiy manbalar asosida yoritilgan.