ME’MORIY OBIDALARDAGI BEZAKLI KOSHINLARNING RANG YECHIMLARI: BADIIY VA TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston me’moriy merosida qo‘llangan bezakli koshinlarning rang yechimlari badiiy va texnologik jihatdan tahlil qilinadi. Moviy, feruza, oq, ko‘k, yashil va jigarrang tuslarning me’moriy kompozitsiyadagi vazifasi, geometrik hamda islimiy naqshlar bilan uyg‘unligi, sir (glazur) tarkibi va pishirish jarayonining rang hosil bo‘lishiga ta’siri yoritiladi. Samarqand va Buxoro me’morchiligidagi koshinkorlik namunalari asosida rangning nafaqat bezak, balki inshoot qiyofasini shakllantiruvchi badiiy vosita ekani ko‘rsatiladi. Maqolada tarixiy koshinlarni restavratsiya qilishda asl rang va material xususiyatlarini ilmiy tekshirish, an’anaviy hunarmandchilik bilimlarini saqlash zarurligi ta’kidlanadi.