SHAVKAT RAHMON VA ASQAR MAHKAM IJODIDA ISHQ MAVZUSINING BADIIY TALQINI
Abstract
Maqolada Shavkat Rahmon va Asqar Mahkam she’riyatida ishq-muhabbat mavzusining badiiy ifodalanishi qiyosiy tahlil qilinadi. Shavkat Rahmonning “Muhabbat” va “Qasam” she’rlari hamda Asqar Mahkamning “Ishq” she’ri misolida lirik kechinmaning obrazlar, takror va ramzlar vositasida ochilishi kuzatiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, Shavkat Rahmonda muhabbat, bir tomondan, nozik shaxsiy tuyg‘u sifatida, ikkinchi tomondan, Vatan va el oldidagi mas’uliyatga tutash ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi; Asqar Mahkamda esa ishq ruhiy iztirob va o‘zlikni anglash jarayoni bilan uyg‘unlashadi. Har ikkala ijodkor tuyg‘uning insonni ma’naviy jihatdan o‘zgartirish imkoniyatini turlicha poetik vositalar orqali tasvirlaydi.