MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JONLI VA JONSIZ TABIAT HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Annotatsiya:Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda jonli va jonsiz tabiat haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilingan. Jonli va jonsiz tabiat obyektlarini kuzatish, taqqoslash, tajriba o'tkazish hamda interfaol metodlardan foydalanish orqali bolalarda ekologik tafakkur va tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot doirasida muallif tomonidan "TABIAT KO'ZGUSI" konseptual pedagogik modeli ishlab chiqilgan bo'lib, mazkur model kuzatish, tahlil qilish, taqqoslash va xulosa chiqarish jarayonlarini yagona metodik tizimga birlashtiradi. Modelning amaliyotga tatbiq etilishi bolalarda jonli va jonsiz tabiatni farqlash, ular o'rtasidagi bog'liqlikni anglash hamda tabiatga nisbatan mas'uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.