TOG‘AY MUROD QISSALARIDA MILLIY KOLORITNING BADIIY-ESTETIK KONSEPSIYASI
Abstract
Mazkur maqolada Togʻay Murod qissalarida milliy koloritning badiiy-estetik talqini, xalqona ruh va milliy qadriyatlarning adabiy ifodasi tahlil qilinadi. Adib asarlarida oʻzbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlari, milliy tafakkuri hamda ruhiy olami obrazlar va badiiy tasvir vositalari orqali yoritilgani ochib beriladi. Shuningdek, yozuvchining til mahorati, folklor unsurlaridan foydalanishi va milliy xarakter yaratishdagi oʻziga xos uslubi ilmiy-nazariy asosda tadqiq etiladi. Maqolada Togʻay Murod qissalarining oʻzbek milliy adabiyotidagi estetik ahamiyati hamda milliy koloritni aks ettirishdagi oʻrni haqida xulosalar berilgan.