MAʼLUMOTLAR BAZASINI ISHLAB CHIQISH VA BOSHQARISH
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va boshqarish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Ma’lumotlar bazalarining zamonaviy axborot tizimlaridagi o‘rni, ularni loyihalash bosqichlari, ma’lumotlar strukturasini tashkil etish tamoyillari hamda boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, ma’lumotlar bazasini samarali ishlatishda indekslash, normallashtirish, tranzaksiyalar va xavfsizlik masalalarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, jumladan relyatsion va NoSQL tizimlarining qo‘llanilishi, bulutli texnologiyalar bilan integratsiyasi ham yoritilgan.