RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INSON KAPITALI: YANGI KASBLAR VA RAQAMLI KOMPETENSIYALARGA BO‘LGAN TALAB
Abstract
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida inson kapitalining o‘zgarishi, yangi kasblarning shakllanishi va zamonaviy mehnat bozorida raqamli kompetensiyalarga bo‘lgan talabning ortishi tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, raqamli platformalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mehnat jarayonlariga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqotda xalqaro tashkilotlarning 2023–2026-yillardagi hisobotlari hamda O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlaridan foydalanilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlanishning ahamiyati asoslab beriladi.