NAVOIYNING OILAGA MUNOSABATI
Abstract
Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning oila va oilaviy munosabatlarga doir qarashlari tahlil qilinadi. Muallif Navoiyning ayolning oiladagi o‘rni, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlik haqidagi fikrlarini “Mahbub ul-qulub” asari hamda boshqa adabiy merosi asosida yoritadi. Shuningdek, Navoiyning muhabbat, ma’naviy poklik va insoniy fazilatlar haqidagi qarashlari Yusuf Xos Hojibning oilaga oid fikrlari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada Navoiy asarlarida aks etgan ideal ayol timsoli, oilaviy qadriyatlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati xususida mulohazalar bayon etilgan.