TA’LIM TIZIMINI INDIVIDUALLASHTIRISHDA SUNIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim tizimini individuallashtirish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli transformatsiya sharoitida sun’iy intellekt asosidagi tizimlarning o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan modelga aylantirishdagi o‘rni, adaptiv ta’lim platformalari, real vaqt tahlili, intellektual tavsiya tizimlari hamda bilimlarni baholash jarayonlaridagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish, o‘quv samaradorligini oshirish va pedagogik jarayonni optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan.