WEA LOYIHASI BUGUNGI KUNNING EKOLOGIK MUAMMOLARI
Abstract
Mazkur tezisda suv (Water), havo (Air) va yer (Earth) resurslarini monitoring qilishga mo‘ljallangan WEA ekologik monitoring veb-platformasini ishlab chiqish jarayoni va uning amaliy yechimlari yoritilgan. Tabiiy resurslarning holatini doimiy nazorat qilish, ekologik ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida zamonaviy veb-texnologiyalar, ma’lumotlar bazasi tizimlari va geografik axborot tizimlari (GIS) asosida kompleks monitoring platformasi ishlab chiqish usullari tahlil qilindi. Natijada suv sifati, havo holati va yer resurslari bo‘yicha ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi veb-platforma modeli taklif etildi.