Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun adabiy asarlarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari
Abstract
Mazkur maqolada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga adabiy asarlarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda maxsus ta’lim vositalarining ahamiyati yoritilgan. Adabiyot darslarida Brayl yozuvi, audiokitoblar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va inklyuziv ta’lim metodlaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilingan. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarning adabiy matnni to‘liq idrok etishi, tahlil qilishi va estetik zavq olishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning badiiy tafakkuri va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar keltirilgan.