ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARGA ADIBLAR IJODINI O‘RGATISHDA VIZUAL TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga adiblar ijodini o‘rgatishda vizual ta’lim texnologiyalarining pedagogik ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Vizual ta’lim vositalarining o‘quvchilarning badiiy asarlarni idrok etishi, adabiy tafakkurini rivojlantirishi, kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishi hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, multimedia vositalari, infografikalar, grafik organayzerlar, elektron taqdimotlar, subtitrli videomateriallar, interaktiv platformalar va boshqa zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlari tahlil etilgan.