Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida tikuvchilik yo‘nalishi o‘quvchilarini ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashning ahamiyati
Abstract
Mazkur maqolada o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘quvchilarning mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishidagi ahamiyati tahlil qilingan. Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi misolida, tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilarni kasbiy tayyorlash va ishlab chiqarish faoliyatiga moslashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, tikuvchilik kasbining imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi ko‘rsatib berilgan.