IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN MAXSUS TEXNIKUMLARDA TA'LIM MUDDATINI QISQARTIRISHNING AFZALLIKLARI VA EHTIMOLIY TA'SIRLARI
Abstract
Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda 9-sinf bitiruvchilari uchun belgilangan ta'lim muddatini ikki yildan bir yilga qisqartirish masalasi tahlil qilinadi. Ta'lim muddatini qisqartirishning afzalliklari, iqtisodiy va tashkiliy samaralari bilan bir qatorda, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy moslashuvi va mehnat bozoriga tayyorligiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta'sirlari yoritiladi. Shuningdek, ta'lim sifatini oshirishda amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni va individual yondashuvning ahamiyati asoslab beriladi.