POLIAKRILAMID ASOSLI POLISAXARIDLI EFIR KOMPOZIT MARKALARI VA ULARNING TARKIBINI O‘RGANISH
Abstract
Annotatsiya: Mazkur ishda poliakrilamid asosidagi polisaxaridli efir kompozit materiallarning tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Poliakrilamidning kraxmal, karboksimetilsellyuloza hamda gidroksietilsellyuloza kabi polisaxarid hosilalari bilan hosil qilgan kompozitlari o‘rganildi. Kompozitlarning tarkibiy tuzilishi, suv yutish qobiliyati, mexanik mustahkamligi va ekologik xavfsizligi baholandi. Tadqiqot natijalari poliakrilamid asosidagi polisaxaridli efir kompozitlarning sanoat, qishloq xo‘jaligi va ekologik texnologiyalarda istiqbolli materiallar ekanligini ko‘rsatdi.