INGLIZ TILINI ZAMONAVIY KASBLARDA TALQIN ETISH
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tilining zamonaviy kasblardagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Globallashuv, raqamli iqtisodiyot va xalqaro hamkorlik jarayonlarining jadallashuvi sharoitida ingliz tilining kasbiy faoliyatdagi roli yoritilgan. Maqolada ingliz tilining axborot texnologiyalari, ta’lim, tibbiyot, biznes, turizm, sanoat va boshqa sohalarda qo‘llanilishi, mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati hamda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil etilgan. Shuningdek, ingliz tilini bilishning innovatsion faoliyat, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish va uzluksiz kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishga ta’siri ko‘rsatib berilgan.