Research Article Published

INGLIZ–O‘ZBEK AUDIOVIZUAL TARJIMASIDA MADANIY MA’NO YO‘QOTISHLARI: INSON TARJIMASI VA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT NATIJALARINING QIYOSIY TAHLILI

O
Pages: 17-24 (8 pages) Russia

Abstract

Ushbu maqolada ingliz tilidagi audiovizual materiallarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan madaniy ma’no yo‘qotishlari inson tarjimasi va generativ sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan tarjimalar misolida nazariy va qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Audiovizual tarjimada madaniy realiyalar, idiomatik birliklar, murojaat shakllari, tarixiy-madaniy ishoralar va milliy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning tarjimada saqlanishi muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning asosiy maqsadi inson tarjimoni va generativ sun’iy intellekt tomonidan taklif etilgan tarjima variantlarini madaniy mazmunning saqlanishi, kontekstga moslik, semantik aniqlik va o‘zbek tilidagi tabiiylik mezonlari asosida qiyoslash uchun nazariy-metodik yondashuv ishlab chiqishdan iborat. Maqolada tavsifiy-qiyosiy tahlil, kontekstual tahlil va tarjima strategiyalarini tasniflash usullaridan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, madaniy ma’no yo‘qotishlarining asosiy ko‘rinishlari hamda ularni aniqlash mezonlari taklif etiladi. Mazkur yondashuv audiovizual tarjima sifatini baholashda inson omili va generativ sun’iy intellekt imkoniyatlarini tizimli o‘rganishga xizmat qiladi.

Keywords

audiovizual tarjima ingliz–o‘zbek tarjimasi madaniy realiyalar madaniy ma’no yo‘qotilishi generativ sun’iy intellekt subtitr tarjima strategiyalari qiyosiy tahlil tarjima sifati.

Full Article

How to Cite

Odina Baxodirova Isroilovna (2026). INGLIZ–O‘ZBEK AUDIOVIZUAL TARJIMASIDA MADANIY MA’NO YO‘QOTISHLARI: INSON TARJIMASI VA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT NATIJALARINING QIYOSIY TAHLILI. Global Trends in Interdisciplinary Scientific Development, 17-24. Russia.
Conference
Article Info
  • Article Number 5
  • Pages 17-24
  • Published Oct 15, 2026
  • Language English
Author
O
Odina Baxodirova Isroilovna
Share This Article