HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA ILON TIMSOLINING BADIIY-SEMANTIK TALQINI (Rauf Parfi va Shavkat Rahmon she’riyati misolida)
Abstract
Annotatsiya. Maqolada hozirgi o‘zbek she’riyatida ilon timsolining badiiy-estetik va ramziy vazifalari Rauf Parfi hamda Shavkat Rahmon she’riyati misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilon obrazining xalq mifologiyasi, diniy tasavvurlar va madaniy qarashlardagi o‘rni yoritilib, uning she’riy matndagi semantik yuklamasi ochib beriladi. Rauf Parfining “To‘hmat – 1985” she’rida ilon timsoli zulm, tuhmat va mustabid tuzumning ramzi sifatida talqin qilinishi, Shavkat Rahmon she’riyatida esa kuz fasli, umrning o‘tkinchiligi va taqdir muqarrarligini ifodalovchi poetik vosita sifatida namoyon bo‘lishi tahlil etiladi. Natijada ilon obrazining zamonaviy o‘zbek she’riyatida turli badiiy-falsafiy ma’nolarni ifodalovchi ko‘p qatlamli timsol ekanligi asoslab beriladi.