FIZIKA FANINI NANOTEXNOLOGIYA BILAN INTEGRATSIYALASH ASOSIDA TEXNIKUMLARDA O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada fizika fanini nanotexnologiya bilan integratsiyalash asosida texnikumlarda o‘qitish mazmuni va metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda nanotexnologiyaning fizik asoslari, nanoo‘lchamdagi jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni fizikaning atom va molekulyar fizika, elektr, elektromagnetizm, optika va boshqa bo‘limlari bilan mazmunan bog‘lash imkoniyatlari tahlil qilingan. Fizika ta’limida fanlararo yondashuv, muammoli va loyihaviy ta’lim, laboratoriya hamda virtual tajribalar, matematik modellashtirish, raqamli texnologiyalar va differensial topshiriqlardan foydalanishning metodik imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan.