ZULFIYA MO‘MINOVA SHE’RIYATIDA UMUMINSONIY-ESTETIK QARASHLAR TALQINI
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining iste’dodli vakillaridan biri bo‘lgan Zulfiya Mo‘minova ijodida umuminsoniy-estetik qarashlarning badiiy talqini tadqiq etiladi. Shoira she’riyatida inson va tabiat munosabati, mehr-muhabbat, ezgulik, vatanparvarlik, oilaviy qadriyatlar hamda ma’naviy komillik kabi umumbashariy g‘oyalar poetik obrazlar va ramziy ifodalar vositasida tahlil qilinadi. Shuningdek, shoiraning milliy qadriyatlarni umuminsoniy mazmun bilan uyg‘unlashtirish mahorati, lirikasidagi badiiy-estetik tamoyillar va individual uslub xususiyatlari xususida so‘z yuritiladi.