TARBIYA FANINI OʻQITISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA PEDAGOGIK ISTIQBOLLAR
Abstract
Annotatsiya: Global raqamlashtirish sharoitida sunʼiy intellekt texnologiyalari taʼlim tizimining barcha bosqichlariga jadal kirib kelmoqda. Ayniqsa, generativ sunʼiy intellekt vositalari taʼlim mazmunini yaratish, shaxsiylashtirilgan taʼlimni tashkil etish va oʻquvchilarning kognitiv faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqolada tarbiya fanini oʻqitish jarayonida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, sunʼiy intellektning axloqiy tarbiya, qadriyatlar shakllanishi, tanqidiy fikrlash va raqamli fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishdagi oʻrni yoritilgan. Tahlillar asosida tarbiya fanini oʻqitishda insonparvarlik tamoyillarini saqlagan holda sunʼiy intellektdan foydalanishning konseptual modeli taklif etilgan.