ZAMONAVIY JAMIYATDA ILMLI AYOLNING O‘RNI
Abstract
Annotatsiya: ushbu maqola zamonaviy jamiyatda ilmli ayolning o‘rnini va uning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada tarixiy nuqtai nazardan ayollarning ilm-fan va ta’lim sohasidagi roli tahlil qilinadi, zamonaviy jamiyatdagi ilmli ayollar faoliyati, gender tengligi masalalari va ularning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalari yoritiladi. Shuningdek, ilmli ayol oilaviy va jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga qanday ta’sir qilishi, tadqiqot natijalari va statistik ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi. Maqola ilmiy manbalar asosida yozilgan bo‘lib, ayollarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularni jamiyat rivojida faollashtirishga qaratilgan strategik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.