‘‘NON’’ SO‘ZI VA UNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Abstract
Annotatsiya. Madaniy jihatdan ‘‘non’’ oʻzbek xalqi hayotining ajralmas qismi. U dasturxon madaniyatida, turmush marosimlarida, diniy e‘tiqodlarda, san'at va adabiyotda muhim oʻrin tutadi. ‘‘Non’’ soʻzining lingvokulturologik tahlili til va madaniyat oʻrtasidagi uzviy aloqani, ularning bir-birini toʻldirishini va boyitishini namoyish etadi. ‘‘Non’’ soʻzi — bu nafaqat lugʻaviy birlik, balki butun bir madaniyatning, millatning ruhiy va ma’naviy hayotining ifodasidir. Tilshunoslik va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan non soʻzini oʻrganish oʻzbek tilining boyligi va chuqurligini, shuningdek, oʻzbek xalqi madaniyatining ulugʻvorligini anglashga yordam beradi.