O‘SMIR YOSHLAR PSIXOLOGIYASI
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, shaxs rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari hamda ushbu yosh bosqichida yuz beradigan emotsional, irodaviy va ijtimoiy o‘zgarishlar tahlil qilingan. O‘smirlarning o‘zini anglash jarayoni, o‘z-o‘zini baholash mexanizmlari, tengdoshlar bilan munosabatlari, oilaning ta’siri va ta’lim muhitining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, o‘smirlik davrida qobiliyat va qiziqishlarning shakllanishi, kasb tanlashga tayyorgarlik, psixologik salomatlikni saqlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining yoshlar ruhiyatiga ta’siri masalalari ko‘rib chiqilgan.