ISSIQXONA SHAROITIDA HASHOROTLAR FAUNASINING TARKIBI VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI: ADABIYOTLAR TAHLILI
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada issiqxona sharoitida uchraydigan foydali va zararkunanda hashoratlar faunasiga oid ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Issiqxona agroekotizimlarida hashoratlarning tur tarkibi, ekologik xususiyatlari, tarqalishi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlariga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, zararkunanda hashoratlar tomonidan yetkaziladigan zararlar va ularning sonini tabiiy ravishda cheklovchi foydali entomofauna vakillarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlari asosida issiqxonalarda hashoratlar faunasini o‘rganishning hozirgi holati tahlil qilinib, kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Tadqiqot natijalari issiqxona ekinlarini biologik himoya qilish va zararkunandalar sonini ekologik xavfsiz boshqarish tizimlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.