DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHDA RISKLARNI RAQAMLI MONITORING QILISH VA BAHOLASH USULLARI
Abstract
Mazkur tezisda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy, iqtisodiy, texnik, operatsion, huquqiy, talab va boshqa turdagi risklarni raqamli monitoring qilish hamda baholash masalalari yoritilgan. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining uzoq muddatli xususiyati, katta miqdordagi investitsiyalarni talab qilishi va davlat hamda xususiy sherik o‘rtasida risklarni taqsimlash zarurati loyihalarni doimiy monitoring qilishning ahamiyatini oshiradi. Raqamli platformalar yordamida loyiha ko‘rsatkichlarini real vaqtga yaqin rejimda kuzatish, risklarni avtomatik aniqlash, ularning ehtimolligi va ta’sir darajasini baholash, erta ogohlantirish signallarini shakllantirish hamda tegishli boshqaruv choralarini ishlab chiqish mumkin.