RADIOALOQA VA TELEVIDENIYA TIZIMLARINING RIVOJLANISHI: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA ISTIQBOLLAR
Abstract
Ushbu maqolada radioaloqa va televideniya tizimlarining rivojlanish bosqichlari, analog texnologiyalardan raqamli uzatish tizimlariga o‘tish jarayoni hamda zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli radioeshittirish, mobil aloqa, sun’iy yo‘ldosh orqali axborot uzatish, internet televideniyesi va multimedia texnologiyalarining o‘zaro integratsiyasi tahlil qilingan. O‘zbekistonda radioaloqa va televideniya tizimlarini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar bayon etilgan.