DORIVOR STEVIYA BARGLARINING HOSILDORLIGI VA SIFAT KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISHNING AYRIM OMILLARI
Abstract
Mazkur tezisda dorivor steviya barglarining hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillar tahlil qilingan. Steviya barglarining qimmatli xomashyo sifatidagi ahamiyati, ularda to‘planadigan steviol glikozidlarining miqdori va tarkibi, barglarning fiziologik holati, yig‘ib olish muddati, quritish hamda saqlash sharoitlarining tayyor mahsulot sifatiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, o‘simlikning yer ustki qismini oqilona shakllantirish, barglarning rivojlanish darajasini hisobga olish, hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish va quritish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish orqali dorivor xomashyoning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.