BENZINLI DVIGATELLARNING YONILG‘I PURKASH ASBOBLARIGA KUNDALIK TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
Abstract
Mazkur maqolada benzinli dvigatellarda qo‘llaniladigan yonilg‘i purkash asboblariga kundalik texnik xizmat ko‘rsatishning mazmuni, vazifalari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Yonilg‘i purkash tizimining asosiy elementlari, ularning ishlash xususiyatlari, texnik holatni tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, yonilg‘i sizib chiqishini aniqlash, filtrlar va injektorlar holatini nazorat qilish, elektr ulanishlarini tekshirish hamda elektron diagnostika usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kundalik texnik xizmat jarayonida bajariladigan ishlarning ketma-ketligi, uchraydigan nosozliklar va ularning belgilari, texnika xavfsizligi talablari, xizmat ko‘rsatish sifati, dvigatelning iqtisodiyligi, quvvati va ekologik ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilingan.