NUTQ MADANIYATI VA NUTQ TEXNIKASI
Abstract
Mazkur maqolada nutq madaniyati va nutq texnikasining nazariy hamda amaliy asoslari keng yoritilgan. Nutq madaniyatining adabiy til me'yorlari bilan uzviy bog‘liqligi, uning asosiy mezonlari, nutq etikasi, og‘zaki va yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, nutq texnikasining tarkibiy elementlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada nutqni rivojlantirish omillari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya muhitida nutq madaniyatining ahamiyati hamda shaxsning kasbiy faoliyatida nutqiy kompetensiyaning o‘rni yoritilib, samarali muloqotni shakllantirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar bayon etilgan.