IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARGA MS OFFICE DASTURLARINI O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI
Abstract
Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga Microsoft Office dasturlarini o‘rgatishning samarali pedagogik usullari yoritilgan. Maxsus ixtisoslashtirilgan texnikumlarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning individual imkoniyatlari, kompyuter bilan ishlash darajasi va ta’lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft PowerPoint dasturlarini o‘qitishning amaliy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida bosqichma-bosqich o‘rgatish, vizual va audio materiallardan foydalanish, takroriy mashqlar, amaliy topshiriqlar, assistiv texnologiyalar hamda individual yondashuvning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. MS Office dasturlarini puxta o‘zlashtirish imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish va kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qilishi asoslangan