TURLI KO‘CHAT QALINLIGI VA RETORDANTLAR FONIDA DEFOLIANTLARNING G‘O‘ZA HOSILDORLIGI VA BIR DONA KO‘SAK PAXTA VAZNIGA TA’SIRI
Abstract
Tezisda turli ko‘chat qalinligi va retordantlar fonida defoliantlardan foydalanishning g‘o‘za hosildorligi hamda bir dona ko‘sakdagi paxta vazniga ta’sir etuvchi agrobiologik omillar tahlil qilinadi. G‘o‘zaning mahsuldorligi, hosil elementlarining shakllanishi, o‘simliklar o‘rtasidagi oziqa resurslari uchun raqobat va bir ko‘sakdagi paxta massasining umumiy hosildorlikdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, o‘sishni tartibga soluvchi vositalar va defoliantlarni qo‘llashda hosilning miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarini birgalikda baholash zarurligi asoslanadi. Mazkur omillarning o‘zaro ta’sirini dala tajribalari orqali o‘rganish asosida paxta yetishtirish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.