IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TABIATSHUNOSLIK MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida tabiatshunoslik mashg'ulotlarini tashkil etish metodikasi zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Tabiatshunoslik mashg'ulotlarini samarali tashkil etishda kuzatish, tajriba, muammoli ta'lim, STEAM yondashuvi va 5E ta'lim modelidan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot doirasida muallif tomonidan "TABIAT QADAMI" konseptual metodik modeli ishlab chiqilgan bo'lib, u tabiatshunoslik mashg'ulotlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning kuzatuvchanligi, ekologik madaniyati, tadqiqotchilik ko'nikmalari hamda mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur modelni amaliyotga joriy etish bolalarda tabiatga ongli munosabatni shakllantirish, ularning bilishga bo'lgan qiziqishini oshirish va mashg'ulotlar samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi.