IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Abstract
Annotatsiya:Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarda nutq madaniyatini shakllantirishning nazariy hamda amaliy asoslari tahlil qilingan. Nutq madaniyatining bola shaxsini rivojlantirishdagi o'rni, nutq rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda axborot-kommunikatsiya vositalarining imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalar bilan ishlashning samarali texnologiyalari, logopedik mashg'ulotlar, STEAM yondashuvi, o'yin texnologiyalari hamda raqamli ta'lim vositalarining afzalliklari ochib berilgan. Tadqiqot davomida nutq madaniyatini rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.