AUDIO JURNALISTIKANING DOLZARB MUAMMOLARI VA IJOBIY TOMONLARI
Abstract
Mazkur maqolada audio jurnalistikaning zamonaviy media tizimidagi o‘rni, rivojlanish tendensiyalari, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda raqamli transformatsiya sharoitida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Audio jurnalistikaning an’anaviy radio faoliyatidan podkastlar, internet radiolari va boshqa raqamli audio platformalargacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, audio kontentning axborotni tezkor va qulay yetkazishdagi afzalliklari, auditoriya bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishdagi o‘rni, ta’lim va madaniyat sohalaridagi amaliy imkoniyatlari hamda inklyuziv axborot muhitini shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.