UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O‘RGANISH – IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Abstract
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishning nazariy va metodik asoslari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda Milliy o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda adabiy ta’limni tashkil etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, adabiyot ta’limida fanlararo integratsiya, XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil va kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar tahlil etilgan. PISA xalqaro baholash dasturining talab va mezonlari asosida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi hamda badiiy matnni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.