KOMPYUTER TARMOQLARIDA AN’ANAVIY MARSHRUTLASH ALGORITMLARINING KECHIKISH VA TARMOQ YUKLAMASIGA TA’SIRI TAHLILI
Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda kompyuter tarmoqlarida keng qo‘llaniladigan an’anaviy marshrutlash algoritmlarining ishlash tamoyillari, ularning tarmoq kechikishi va yuklamasiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Distance Vector va Link State yondashuvlariga asoslangan marshrutlash algoritmlarining afzalliklari hamda kamchiliklari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, RIP, OSPF va IS-IS protokollarining tarmoq resurslaridan foydalanish samaradorligi, konvergentsiya tezligi, paketlarni uzatish jarayonidagi o‘rni hamda tarmoqning umumiy ishlash ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan