YANGI O‘ZBEKISTONDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Xorijiy tillarni o‘qitishning uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘rni, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va xalqaro tajribalarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, til muhitini shakllantirish va xalqaro standartlarga mos baholash tizimlarini joriy etish masalalari ilmiy jihatdan asoslangan.