ZAMONAVIY OʻZBEK MEDIA TILIDAGI AGNONIM LEKSIKA
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi leksik birliklar, ayniqsa, media tilidagi oʻzlashmalar tahlil qilinadi. Media tili terminologiyasining global standartlashuvi, tilning ixcham va tezkorlikka intilishi natijasida qoʻllanilayotgan olinma soʻzlar ijobiy ta’siri bilan bir qatorda salbiy ta’sirga ham ega. Media tilidagi trend boʻlmoq, chellenj qilish, layk bosmoq, komment kabi birliklar kundalik soʻzlashuv nutqida mustahkamlanib, jamiyatning ma’lum bir qatlami uchun agnonim sifatida qolmoqda, yoshlar nutqida aralash nutq hosil boʻlib, nutq tabiiyligining buzilishiga sabab boʻlmoqda.